Hamyoncha
RU UZ EN
← Bosh sahifaga

Maxfiylik siyosati

Xizmat: Hamyoncha Hujjat sanasi: 27.10.2026 Kuchga kirish sanasi: 27.10.2026 Versiya: 2.4

PDF yuklab olish

1. Umumiy qoidalar

Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — Siyosat) Hamyoncha xizmatidan (keyingi o‘rinlarda — Xizmat) foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari qanday yig‘ilishi, saqlanishi, qayta ishlanishi va himoya qilinishini belgilaydi.

Siyosat O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-547-sonli Qonuni va boshqa amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tuzilgan.

Xizmat operatori (keyingi o‘rinlarda — Operator) shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlovchi tomon hisoblanadi.

2. Roziligingiz

Xizmatdan foydalanish boshlanishi bilan Foydalanuvchi ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan shaxsga doir ma’lumotlarini Operator tomonidan yig‘ish, saqlash va qayta ishlashga rozilik beradi.

Rozilik quyidagi harakatlar orqali tasdiqlanadi:

  • Telegram-bot orqali Xizmatga birinchi marta murojaat qilish;
  • Telegram-botda avtorizatsiyadan o‘tish;
  • Xizmat funksiyalaridan foydalanishni davom ettirish.

Xizmatdan foydalanish uchun bank kartasini bog‘lash zarur. Bepul tarif yo‘q: bepul sinov muddati ham, pulli obuna ham faqat bog‘langan karta bilan rasmiylashtiriladi (Foydalanish shartlarining 4.1-bandi), sinov muddati yoki amaldagi obuna bo‘lmasa esa Xizmat yozuvlari bilan ishlash imkoni yo‘q. Kartani bog‘lash orqali Foydalanuvchi u bo‘yicha operatsiyalarni avtomatik import qilishga rozilik beradi (3.3-band). Foydalanuvchi kartani istalgan vaqtda uzib qo‘yishi mumkin: u bo‘yicha import to‘xtaydi, shu kartadan obunani avtomatik uzaytirish esa o‘chiriladi.

Foydalanuvchi roziligini istalgan vaqtda hisobini o‘chirish orqali qaytarib olishi mumkin (8-bandga qarang).

3. Yig‘iladigan ma’lumotlar

Operator quyida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni yig‘adi va saqlaydi. Ma’lumotlarning bir qismini Foydalanuvchining o‘zi kiritadi, bir qismi esa Foydalanuvchi bog‘lagan bank kartasi orqali avtomatik tarzda olinadi.

3.1. Identifikatsiya ma’lumotlari

Ma’lumotManbaMaqsad
Ismi (display name)Foydalanuvchi qo‘lda kiritadi yoki Telegram profilidan oladiFoydalanuvchi bilan murojaat qilish
Telefon raqamiTelegramda kontakt ulashish orqali yoki qo‘lda kiritishAkkauntni identifikatsiya qilish, Telegram-akkaunt almashganda hisobni saqlab qolish
Telegram IDTelegram-bot orqali avtomatikFoydalanuvchini Telegram orqali tanish
Telegram usernameTelegram profilidan (ixtiyoriy)Qo‘shma byudjetga taklif qilish, ko‘rsatish
Til (locale)Telegram profilidan (ixtiyoriy)Interfeys tilini tanlash

3.2. Foydalanuvchi qo‘lda kiritadigan moliyaviy ma’lumotlar

  • Xarajatlar — summa, kategoriya, izoh, sana;
  • Daromadlar — summa, manba, izoh, sana;
  • Hamyonlar va balans — naqd pul va boshqa hamyonlar, ularning valyutasi hamda yozuvlar asosida hisoblangan qoldiq;
  • Byudjetlar — Foydalanuvchi belgilagan limitlar;
  • Kategoriyalar — tizimli yoki Foydalanuvchi yaratgan kategoriyalar;
  • Qarzlar — qarz summasi, muddati, izoh va Foydalanuvchi ko‘rsatgan qarzdor/kreditor nomi;
  • Rejalashtirilgan to‘lovlar — summa, izoh, sana va takrorlanish tartibi.

Qarzdor yoki kreditor nomi Foydalanuvchi tomonidan erkin matn sifatida kiritiladi. Operator uchinchi shaxslarning ma’lumotlarini mustaqil ravishda yig‘maydi va tekshirmaydi; bunday ma’lumotni kiritish uchun javobgarlik Foydalanuvchi zimmasida.

3.3. Bog‘langan bank kartasidan avtomatik olinadigan ma’lumotlar

Agar Foydalanuvchi bank kartasini bog‘lasa, Operator to‘lov provayderi orqali o‘sha karta bo‘yicha operatsiyalar tarixini avtomatik oladi:

  • operatsiya summasi, sanasi va vaqti;
  • savdo nuqtasi (merchant) nomi va MCC — savdo nuqtasi turi kodi;
  • operatsiya turi (chiqim/kirim) va uning holati;
  • kartaning oxirgi ma’lum qoldig‘i;
  • provayderdan kelgan dastlabki (xom) yozuv to‘liq holda — takroriy importning oldini olish, xatolarni tekshirish va noto‘g‘ri tanilgan yozuvlarni qayta ishlash uchun.

Import faqat bog‘langan karta bo‘yicha va faqat sinov muddati davomida yoki amaldagi obuna mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. To‘lov provayderi joriy kalendar oyi operatsiyalarini uzatadi, shuning uchun karta bog‘langandan keyin Xizmat bog‘lashdan oldin, joriy oyning 1-sanasidan boshlab amalga oshirilgan operatsiyalarni ham olishi mumkin. Ilovani birinchi marta sozlashda Foydalanuvchi operatsiyalarni oy boshidan yoki faqat joriy kundan boshlab import qilishni o‘zi tanlaydi; keyinroq bog‘langan karta bo‘yicha operatsiyalar joriy oy boshidan import qilinadi. Oldingi oylardagi operatsiyalar import qilinmaydi. Kartani uzib qo‘yish importni to‘xtatadi.

3.4. Bog‘langan karta rekvizitlari

Karta bog‘lashda quyidagi tartib qo‘llaniladi:

  • to‘liq karta raqami va amal qilish muddati Xizmat ilovasida (Telegram mini-ilovasida) kiritiladi, tranzit sifatida to‘lov provayderiga uzatiladi va Operator tomonida saqlanmaydi;
  • CVV/CVC kodi hech qachon so‘ralmaydi va kiritilmaydi;
  • karta bank kartaga bog‘langan telefon raqamiga yuboradigan bir martalik SMS-kod bilan tasdiqlanadi; kod o‘sha ilovada kiritiladi va u ham saqlanmaydi.

Operator tomonida quyidagilar saqlanadi: maskalangan karta raqami (birinchi olti va oxirgi to‘rt raqam, masalan 860049******8460), to‘lov tizimi (Uzcard, Humo, MIR), protsessing markazi, bank identifikatori, karta egasining ismi, kartaning oxirgi ma’lum qoldig‘i va holati hamda provayder tomonidagi karta identifikatori.

Agar Foydalanuvchi bepul sinov muddatini boshlasa (Foydalanish shartlarining 4.1-bandi), Operator qo‘shimcha ravishda sinov muddati boshlangan kartaning raqamli izini saqlaydi — maskalangan karta raqami va karta egasining ismidan hisoblangan SHA-256 xeshi. Uni hisoblashda kartaning to‘liq raqami ishlatilmaydi. Raqamli iz faqat bitta karta bo‘yicha, shu jumladan turli hisoblarda, bittadan ortiq sinov muddati boshlanmasligini ta’minlash uchun kerak. U hisob mavjud ekan saqlanadi (karta uzilgandan keyin ham) va hisob bilan birga o‘chiriladi (8-band).

3.5. Chek, ko‘chirma va ovozli xabarlarni tanish

  • Chek va PDF rasmlari saqlanmaydi. Fayl faqat tanish paytida qayta ishlanadi; undan keyin faqat faylning kriptografik xeshi (SHA-256) saqlanadi — bu bir xil chekning takror yuklanishini aniqlash uchun kerak;
  • tanish natijasi saqlanadi: summa, sana, savdo nuqtasi, kategoriya, shuningdek chekda ko‘rsatilgan bo‘lsa — tovar qatorlari (nomi, soni, narxi, QQS summasi va foizi, MXIK kodi) hamda chekning matnli tavsifi;
  • bank ko‘chirmasi (Excel/CSV fayl) — fayldan olingan operatsiya yozuvlari;
  • ovozli xabarlar — audio fayl saqlanmaydi, u matnga o‘girilgandan keyin faqat matn va xabarning davomiyligi (hisoblagich uchun) saqlanadi.

3.6. Sun’iy intellekt yordamchisi

Xizmat ilovasida Foydalanuvchining moliyasi haqidagi savollariga javob beradigan sun’iy intellekt (SI) yordamchisi mavjud. Agar Foydalanuvchi undan foydalansa:

  • javob tayyorlash uchun Google Gemini modeliga (5-band) Foydalanuvchining xabari, ushbu suhbat tarixi, yordamchi eslab qolgan faktlar (quyida) va javob uchun zarur bo‘lgan Foydalanuvchining o‘z ma’lumotlari uzatiladi: ismi, ilova tili, balans, operatsiyalar (summa, sana, kategoriya, savdo nuqtasi), daromadlar, byudjetlar, qarzlar (Foydalanuvchi ko‘rsatgan qarzdor yoki kreditor nomi bilan birga), rejalashtirilgan to‘lovlar, hamyonlar va kartalar (nomi va qoldig‘i), statistika va prognoz;
  • Operator yordamchi bilan suhbatlarni saqlaydi — Foydalanuvchining xabarlari va javoblar, shuningdek har bir javobni qayta ishlash hajmi va taxminiy qiymati (limitlarni hisobga olish uchun);
  • yordamchi Foydalanuvchi suhbatda o‘zi aytgan 15 tagacha faktni (masalan, maosh miqdori va sanasini) keyingi javoblarda hisobga olish uchun eslab qolishi mumkin;
  • yordamchi Foydalanuvchining yozuvlarini yaratmaydi va o‘zgartirmaydi: u taklif qilgan yozuv faqat Foydalanuvchi uni o‘zi tasdiqlasa saqlanadi.

Foydalanuvchi ilovada eslab qolingan alohida faktlarni va suhbatlarni istalgan vaqtda o‘chirishi mumkin. O‘chirilgan suhbat ilovadan yashiriladi va hisob bilan birga butunlay o‘chiriladi (8-band).

3.7. Texnik va marketing ma’lumotlari

  • Xizmatga kirish tokeni — faqat xeshlangan ko‘rinishda, hamda uning oxirgi ishlatilgan vaqti;
  • oxirgi faollik sanasi va vaqti;
  • xizmatdan foydalanish hisoblagichlari (tanish so‘rovlari soni, ovozli xabarlar davomiyligi, ularning taxminiy qiymati);
  • texnik nosozliklar jurnali (xato kodi va tavsifi);
  • Foydalanuvchi reklama havolasi orqali kelgan bo‘lsa — havoladagi manba belgilari (utm).

3.8. Operator yig‘maydigan ma’lumotlar

Operator quyidagi ma’lumotlarni yig‘maydi va saqlamaydi:

  • pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar;
  • bank hisob raqamlari;
  • bank kartasining to‘liq raqami va amal qilish muddati (3.4-band);
  • CVV/CVC kodi — u umuman so‘ralmaydi;
  • chek va PDF fayllarining o‘zi (3.5-band);
  • ovozli xabarlarning audio fayllari;
  • bog‘lanmagan kartalar yoki boshqa hisob raqamlari bo‘yicha bank operatsiyalari;
  • joylashuv (geolocation);
  • aloqa kitobi, fayl tizimi yoki Telegramdagi boshqa suhbatlar;
  • biometrik ma’lumotlar.

4. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadlari

Yig‘ilgan ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:

  • Xizmatni Foydalanuvchiga taqdim etish (shaxsiy moliyaviy hisob yuritish);
  • Foydalanuvchini identifikatsiya qilish va avtorizatsiyadan o‘tkazish;
  • bog‘langan karta bo‘yicha operatsiyalarni avtomatik import qilish, ularga kategoriya belgilash va ular haqida bildirishnoma yuborish;
  • chek, ko‘chirma va ovozli xabarlarni tanib, ulardan hisob yozuvlarini shakllantirish;
  • statistika, prognoz va analitikani Foydalanuvchining o‘z ma’lumotlari asosida hisoblash;
  • SI yordamchisi orqali Foydalanuvchining savollariga uning o‘z ma’lumotlari asosida javob berish (3.6-band);
  • byudjet limitlari, obuna muddati va to‘lovlar haqida bildirishnomalar yuborish;
  • pulli obuna xizmatini va bepul sinov muddatini taqdim etish, to‘lovlarni amalga oshirish (Paylov orqali);
  • xizmatdan foydalanish hajmini hisobga olish va tarif limitlarini qo‘llash;
  • texnik nosozliklarni bartaraf etish va Xizmat xavfsizligini ta’minlash;
  • qonunchilik talablariga rioya qilish.

Operator Foydalanuvchining ma’lumotlaridan reklama, uchinchi shaxslarga sotish yoki kreditga loyiqlik bahosi maqsadlarida foydalanmaydi.

5. Uchinchi shaxslarga uzatish

Operator shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatmaydi, quyidagi istisnolardan tashqari. Har bir holatda faqat tegishli maqsad uchun zarur bo‘lgan minimal ma’lumot uzatiladi.

  • Paylov to‘lov tizimi — karta bog‘lash, karta bo‘yicha operatsiyalar tarixini olish va pulli obunani to‘lash uchun zarur ma’lumotlar (karta rekvizitlari, telefon raqami, summa, obuna identifikatori). Karta rekvizitlari Paylov tomonida qayta ishlanadi va saqlanadi;
  • Google (Gemini modeli) — chek va PDF fayllari hamda matnli xabarlar, ulardagi ma’lumotni tanib olish va kategoriya taklif qilish uchun (fayl faqat tanish paytida uzatiladi); shuningdek, Foydalanuvchi SI yordamchisidan foydalansa, uning yordamchiga yozgan xabarlari va javob uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlari (3.6-band);
  • Aisha (back.aisha.group) — ovozli xabarlarni matnga o‘girish uchun audio fayl;
  • Telegram — Xizmat Telegram-bot va Telegram Mini App orqali ishlaydi, shuning uchun Foydalanuvchi bilan barcha aloqa Telegram serverlari orqali o‘tadi (Telegramning o‘z maxfiylik siyosati amal qiladi);
  • Vakolatli davlat organlari — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollarda, rasmiy so‘rov asosida.

Har bir uchinchi shaxs o‘z maxfiylik siyosati asosida faoliyat yuritadi. Operator ularning ichki jarayonlari uchun javobgar emas.

6. Ma’lumotlarni saqlash va himoya qilish

6.1. Texnik chora-tadbirlar

  • Foydalanuvchi ma’lumotlariga faqat shifrlangan aloqa kanallari orqali kirish amalga oshiriladi;
  • Xizmatga kirish tokeni shifrlangan (xeshlangan) ko‘rinishda saqlanadi — asl qiymatini tiklash imkonsiz;
  • kartaning to‘liq raqami va amal qilish muddati saqlanmaydi, CVV/CVC umuman so‘ralmaydi — Operator tomonida faqat maskalangan raqam (birinchi olti va oxirgi to‘rt raqam), provayderdagi karta identifikatori va, agar karta bo‘yicha sinov muddati boshlangan bo‘lsa, uning raqamli izi (3.4-band) qoladi;
  • xizmat jurnallarida karta raqamlari, bir martalik kodlar va boshqa maxfiy maydonlar avtomatik maskalanadi;
  • Foydalanuvchi ma’lumotlariga kirish akkauntga bog‘langan noyob kirish tokeni bilan himoyalangan;
  • bog‘langan karta faqat operatsiyalarni o‘qish uchun ishlatiladi; kartadan yagona yechib olinadigan summa — obuna to‘lovi, shu jumladan Foydalanuvchi o‘chirmagan bo‘lsa, sinov muddati tugaganda avtomatik yechiladigan to‘lov (Foydalanish shartlarining 4.1-bandi).

6.2. Saqlash muddati

Ma’lumotlar Foydalanuvchi hisobi faol bo‘lgan davrda saqlanadi.

Foydalanuvchi hisobini o‘chirishni so‘raganda ma’lumotlar darhol emas, 7 kunlik tiklash muddatidan keyin butunlay o‘chiriladi (8-bandga qarang). Bu muddat ichida Xizmatga kirish to‘xtatiladi, ammo hisobni tiklash mumkin.

Shaxs identifikatori olib tashlangan to‘lov jurnallari — buxgalteriya va moliyaviy nazorat talablariga muvofiq, alohida saqlanishi mumkin.

7. Foydalanuvchi huquqlari

Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • Xizmatda qanday ma’lumotlari saqlanayotganini bilish;
  • barcha shaxsiy operatsiyalarini fayl (Excel, .xlsx formatida) sifatida eksport funksiyasi orqali olish;
  • istalgan ma’lumotini o‘zgartirish yoki o‘chirish;
  • SI yordamchisi eslab qolgan faktlarni va u bilan suhbatlarni o‘chirish (3.6-band);
  • bog‘langan kartani istalgan vaqtda uzib qo‘yish va shu bilan avtomatik importni to‘xtatish;
  • Operatorga so‘rov yuborib, roziligini qaytarib olish va hisobini o‘chirish (8-band);
  • obunani bekor qilish funksiyasi orqali obunani bekor qilish;
  • Operatorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha vakolatli davlat organiga shikoyat berish.

8. Hisobni o‘chirish

Foydalanuvchi istalgan vaqtda hisobini o‘chirishni so‘rashi mumkin — buning uchun hisob bog‘langan Telegram-akkauntdan Operatorga Telegram orqali yozadi (t.me/hamyoncha_official, 10-band). O‘chirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqich — 7 kunlik tiklash muddati. Operator so‘rov bo‘yicha o‘chirishni boshlagan paytdan Xizmatga kirish to‘xtatiladi va obunaning avtomatik uzaytirilishi o‘chiriladi, ammo ma’lumotlar hali saqlanib turadi. Shu 7 kun ichida Foydalanuvchi Operatorga xuddi shu yo‘l bilan murojaat qilib, hisobini tiklashi mumkin;
  • 2-bosqich — butunlay o‘chirish. 7 kun o‘tgach ma’lumotlar avtomatik va qaytarib bo‘lmas tarzda o‘chiriladi.

O‘chirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • profil ma’lumotlari (ism, telefon, Telegram ID/username);
  • barcha xarajat va daromad yozuvlari, hamyonlar, byudjetlar, kategoriyalar, qarzlar va rejalashtirilgan to‘lovlar;
  • bog‘langan kartadan import qilingan operatsiyalar va ularning dastlabki yozuvlari;
  • cheklardan tanib olingan ma’lumotlar, shu jumladan tovar qatorlari;
  • Xizmatga kirish ma’lumotlari;
  • bildirishnomalar tarixi;
  • SI yordamchisi bilan suhbatlar va u eslab qolgan faktlar;
  • sinov muddati boshlangan kartaning raqamli izi (3.4-band);
  • bog‘langan kartalar (shu paytning o‘zida to‘lov provayderi tomonidagi tegishli bog‘lanish ham bekor qilinadi).

7 kunlik muddat tugagandan keyin o‘chirish qaytarib bo‘lmas — tiklash imkoniyati yo‘q.

9. Siyosatdagi o‘zgarishlar

Operator ushbu Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. O‘zgartirishlar Telegram-bot orqali bildirishnoma sifatida e’lon qilinadi. Foydalanuvchi yangi shartlar bilan rozi bo‘lmasa, hisobini o‘chirishi mumkin.

10. Operator bilan bog‘lanish

Shaxsga doir ma’lumotlar bo‘yicha barcha savollar va so‘rovlar quyidagi manzillarga yo‘naltiriladi:

  • Nomi: «HAMYONCHA» MChJ
  • STIR/INN: 313015542
  • Telegram: t.me/hamyoncha_official
  • Manzil: Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, Damariq MFY, Furqat ko‘chasi, 22-uy
Hamyoncha
Privacy Terms Telegram

© 2026 Hamyoncha